Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi
Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida 2 apreldan sentabr oyigacha transport vositalari harakati cheklanadi.
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘chada 2 apreldan boshlab sentabr oyigacha qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ko‘chaning yopiladigan qismi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan joydan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joygacha.
«Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, o‘z yo‘llarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Shayxontohur tumanidagi Shofayzi ko‘chasi 25 martdan 1 mayga qadar avtomobillar harakati uchun yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025