Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intellektual mulk talabnomalari ekspertizasini o‘tkazish autsorsingga berilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining «Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnomalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizomga muvofiq, ishlar hajmi me’yordan oshgan yoki shtatda tegishli soha mutaxassisi mavjud bo‘lmagan taqdirda, Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi sanoat namunalariga patent berish bo‘yicha talabnomalarni autsorsing shartlari asosida ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Autsorserni jalb qilishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
• autsorserni tanlash davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak;
• korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi;
• autsorser tomonidan bajariladigan funksiyalarning sifati ustidan nazorat amalga oshirilishi kerak.
Agar autsorsing shartnomasini tuzishga talabgor jismoniy shaxs bo‘lsa, u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• oliy ma’lumotga ega bo‘lish (ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarga ustunlik beriladi);
• intellektual mulk sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish (Jahon intellektual mulk tashkilotining tegishli kurslarida malaka oshirganligini yoki/va talabnoma topshirish bo‘yicha tajribaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat);
• kelib tushgan talabnoma sohasi bo‘yicha kamida 5 yillik faoliyatni amalga oshirganlik.
Talabgor yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda, u ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lishi yoki kelib tushgan talabnoma sohasi bo‘yicha tadqiqot yoki ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishi kerak. Bunda yuridik shaxs o‘z shtatida talabgor jismoniy shaxslar uchun belgilangan mezonlarga javob beradigan xodimlarga ega bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
13:47 / 28.04.2025
NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
12:46 / 29.03.2025
Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona tizim yaratiladi
18:19 / 26.03.2025