Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida bolalar buyumlarini ijaraga berish boshlanadi
Ijaraga beriladigan buyumlar orasida aravachalar, karavotlar, stullar bor bo‘lib, ulardan foydalanish shartlari hududga qarab farqlanadi.
Rossiyaning 16 ta mintaqasi davlat xaridlari portal orqali bolalar tovarlarini xarid qilish uchun 144 ta ariza qoldirdi, deb xabar bermoqda «Vyorstka». Birlamchi zarur buyumlar — bolalar aravachalari, karavotlar, manejlar, ovqatlantirish stullari, ovqatlantirish uchun mo‘ljallangan stulchalar — ijaraga berish punktlarida bepul vaqtinchalik foydalanish uchun taqdim etiladi. Ushbu chora-tadbirlar tug‘ilish darajasini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Yordam quyidagi toifadagi fuqarolar uchun mo‘ljallangan: farzandli bo‘lgan talaba ayollar, ko‘p farzandli oilalar, kam ta’minlanganlar, nogiron farzandi bor oilalar hamda Ukrainaga bostirib kirishda qatnashgan shaxslarning oilalari. Shartnomalarning umumiy qiymati 143 million rubldan oshadi. Har bir lot narxi sotib olinayotgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lib, bir necha ming rubldan 30 million rublgacha o‘zgaradi.
Dasturda ishtirok etayotgan hududlar: Rostov, Saratov, Volgograd, Yaroslavl, Kirov, Vologda, Tula, Orlov, Kursk, Leningrad, Kaliningrad, Magadan oblastlari, Stavropol o‘lkasi, Mariy El, Chuvashiya va Shimoliy Osetiya respublikalari. Har bir hududda o‘z narx mezonlari belgilangan. Masalan, Rostov-Donda bolalar karavoti 17,5 ming rublga, Shimoliy Osetiyada esa 8 ming rublga xarid qilish rejalashtirilgan.
Ijaraga berilayotgan bolalar buyumlaridan foydalanish shartlari ham hududga qarab farqlanadi. Vologdada bolalar aravalari va ovqatlantirish stullari bir yil muddatga, Chuvashiyada esa olti oyga beriladi. Rostov viloyatida esa uchta buyumni istalgan muddatga olishga ruxsat etiladi.
Birinchi tenderlar 2024 yil dekabrida e’lon qilingan, ammo asosiy buyurtmalar 2025 yil martida, hukumat tomonidan «Oila va demografik siyosatni amalga oshirish, ko‘p farzandlilikni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi» tasdiqlangandan so‘ng joylashtirilgan. Hujjat rasman qabul qilingach, 130 ta ariza asosida bolalar mahsulotlarini xarid qilish jarayoni boshlangan. Ijaraga berish punktlari tashkil etish tashabbusi mamlakatdagi demografik vaziyatni yaxshilash choralari doirasida qabul qilingan.
Rostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatda atigi 1,2 million bola tug‘ilgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 3,4 foizga kam. Bu 1999 yildan beri eng past ko‘rsatkich. Agar 1990 yillar statistikasi bo‘yicha hisoblab, Checheniston va anneksiya qilingan Qrim ma’lumotlarini chiqarib tashlansa, bu oxirgi 200 yildagi eng past tug‘ilish darajasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025