Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
Qarshi shahri elektr tarmoqlari korxonasi xodimi fermer xo‘jaligi rahbari bilan kelishgan holda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, xodim B.A. fermer xo‘jaligi rahbari O‘.T. bilan oldindan til biriktirib, fermer xo‘jaligining omborxonasidagi 2 dona qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish uskunasini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulagan.

Buning oqibatida 1 milliard 50 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025