O‘zbekiston | 16:08 / 07.04.2025
6611
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alabaning 80 yilligi tantanalarida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti 9 may kuni Moskvaga tashrif buyuradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanada ishtirok etadi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlarga. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi», dedi Asadov Parlamentlararo ittifoqning Toshkentdagi assambleyasi chog‘ida.

Asadov bu masala O‘zbekiston rahbarining Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida muhokama qilinganini ta’kidladi.

Mavzuga oid