Jamiyat | 12:07 / 08.04.2025
3568
1 daqiqa o‘qiladi

2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan tibbiy klinikada hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazilib, 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Bosh prokuratura

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tibbiyot klinikasi ko‘p miqdordagi elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, S.J. MChJga qarashli klinikaning elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi oqibatida 2,1 milliard so‘mlik zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura tadbirkorlardan energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishni so‘radi va reyd tadbirlari davom etayotganidan ogohlantirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid