Jahon | 18:21 / 08.04.2025
1247
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya bosh vazirining X’dagi akkaunti buzib kirildi va u orqali feyk postlar e’lon qilindi

Ulardan birida «Rossiya qo‘shinlari Kaliningrad bilan chegara yaqinida Chexiya armiyasiga hujum qilgani haqida» yozilgan.

Foto: EPA-EFE

Chexiya bosh vaziri Petr Fialaning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti buzib kirildi va u yerda feyk postlar joylashtirildi. Bu haqda mamlakat hukumatining matbuot xizmatiga tayanib Ceske Noviny nashri xabar berdi.

Bosh vazir akkaunti orqali e’lon qilingan postlarning birida «Rossiya qo‘shinlari Kaliningrad bilan chegara yaqinida Chexiya armiyasiga hujum qilgani haqida» yozilgan.

Yana ikkita postda Chexiya prezident Donald Tramp tomonidan joriy etilgan Amerika bojlariga qarshi sanksiyalar tayyorlayotgani to‘g‘risida so‘z boradi.

Ko‘p o‘tmay, postlar o‘chirib tashlangan.

Chexiya hukumati vakilining so‘zlariga ko‘ra, bosh vazirning akkaunti ikki bosqichli himoyaga ega bo‘lgan. «Barcha xavfsizlik choralariga qaramay, bosh vazirning X ijtimoiy tarmog‘idagi profili bugun ertalab hujumga uchradi», — deyiladi hukumat xabarida.

Mavzuga oid