2024 yilda Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni olib kirish keskin kamaydi
The Insider tahlil qilgan bojxona statistikasiga ko‘ra, 2024 yilda Rossiya Federatsiyasiga olib kirilayotgan ikki tomonlama maqsadli tovarlar hajmi keskin pasayishni boshladi. Ba’zi mahsulotlar bo‘yicha yetkazib berish jiddiy kamaydi.

Foto: Alexander Ryumin/imago images/ITAR-TASS
Rossiya Ukrainada olib borayotgan keng ko‘lamli urushning uchinchi yilida harbiy ishlab chiqarishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama mahsulotlar importi hajmi keskin pasayishni boshladi. Bu haqda 10 aprel, payshanba kuni The Insider nashri bojxona ma’lumotlari bo‘yicha o‘z tahliliga asoslanib xabar berdi. Uning natijalariga ko‘ra, agar 2023 yilda Rossiyaga 11 milliard dollarlik sanoat mahsuloti yetkazib berilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 7,7 milliardgacha kamaygan.
Nashrning ta’kidlashicha, 2022 yil bahorida G‘arbning keng ko‘lamli embargolari va sanksiyalari kiritilgandan so‘ng, Xitoy Rossiyaga yordamga kelgan. Ammo so‘nggi bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, «xitoylik ishlab chiqaruvchilarning charchog‘i yoki Rossiya banklari bilan ishlash tavakkalchiligi» birinchi o‘ringa chiqdi. Shunday qilib, 2024 yilda Xitoydan AQSh, Yevropa, Yaponiya va Koreyada ishlab chiqarilgan elektron butlovchi qismlar importi 17 barobar qisqargan, 2020-2023 yillarda esa u qariyb 60 barobarga oshgandi. «Kamayish sanoat bojxona obektlarining deyarli barcha turlarida, jumladan, elektr stansiyalari, metallurgiya uskunalari, optik elementlar va mexanik tizimlar qismlari (transmissiya vallari, podshipniklar va sentrifugalar) importida ko‘rinyapti», deb yozadi The Insider.
Shu bilan birga, uning ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi tovarlar (masalan, elektronikada) bo‘yicha yetkazib berish o‘ta keskin kamaydi: masalan, Xitoydan har qanday elektronika importi 2024 yilda 1,6 milliard dollardan 260 million dollargacha tushib ketdi.
Mavzuga oid

16:59
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025