Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
29-30 aprel kunlari velosport musobaqalari o‘tkazilishi sabab Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi. Haydovchilarga Qibray va Chirchiq shaharlari orqali harakatlanish tavsiya qilindi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li velosport musobaqasi uchun ma’lum vaqtga yopiladi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 29-30 aprel kunlari sportning velosport musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan Bo‘stonlik tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Xususan, 29 aprel kuni o‘tkaziladigan musobaqalarda Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida joylashgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida transport vositalari harakati soat 08:00 dan cheklanadi. Velosportchilar ushbu joydan qo‘zg‘algandan so‘ng, Yuqori Chirchiq tumani orqali Bo‘stonliq tumaniga, u yerdan G‘azalkent va Qoronqul orqali Chorbog‘ qo‘rg‘oniga yetib boradi.
Bunda, yuqoridagi manzillar orasidagi avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. Faqat velosportchilarga qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan haydovchilarga yo‘l ochiq bo‘ladi.
«Agar siz Bo‘stonliq tumaniga bormoqchi bo‘lsangiz, Qibray va Chirchiq shaharlari orqali harakatlanishingiz mumkin bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:31 / 11.04.2025
Bo‘stonliqda ikki yoshli bola jarlikka tushib ketdi
12:26 / 11.04.2025
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
11:30 / 03.04.2025
Bo‘stonliqda qum-shag‘al qazib olinishi tufayli tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetdi
11:33 / 28.03.2025