Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Ba’zi manbalar Tramp Rossiya rasmiylari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni «cho‘zib yubormoqda», deb hisoblashini ta’kidlamoqda.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyani Ukrainadagi urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi.
«Rossiya harakatni boshlashi kerak. Dahshatli va ma’nosiz urushda juda ko‘p odamlar halok bo‘lmoqda, haftasiga minglab. Agar prezident bo‘lganimda bu urush hech qachon boshlanmasligi kerak edi va boshlanmas edi!!!», deb yozdi Tramp.
Fox News manbasiga ko‘ra, Tramp Rossiya rasmiylari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni «cho‘zib yubormoqda», deb hisoblaydi. Telekanal suhbatdoshining ta’kidlashicha, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putindan «hafsalasi pir bo‘lgan». Shu munosabat bilan Oq uy cheklovlarni chetlab o‘tib, neftni tashuvchi Rossiyaning «maxfiy flotiga» zarba beradigan «agressiv sanksiyalarni qo‘llash» variantini ko‘rib chiqmoqda.
11 aprel kuni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga bordi. U Putin bilan muzokaralar olib boradi. Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv mavzulari «Ukraina kelishuvining jihatlari» bo‘ladi va muzokaralar «prezident Putinga ma’qul bo‘lgan vaqtgacha» davom etadi. Shu bilan birga, Peskov Uitkoffning navbatdagi tashrifini «hal qiluvchi deb atash mumkin emasligi» va uchrashuvdan hech qanday yutuq kutmaslik kerakligi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid

23:51 / 12.04.2025
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV

22:54 / 12.04.2025
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

21:19 / 12.04.2025
Eron va AQSh Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi

20:19 / 12.04.2025