Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va “Shimizu Corporation” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida o‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyada ish bilan ta’minlanishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Migratsiya agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Yaponiyaning “Shimizu Corporation” kompaniyasi o‘rtasidagi muzokaralar natijasida yurtdoshlarimizni Yaponiyada ishga joylashtirish imkoniyatlari kengaymoqda.
“Shimizu Corporation” — 1804 yilda tashkil etilgan, Yaponiyaning eng yirik va mashhur qurilish kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Korxona qurilish, arxitektura, muhandislik va loyihalashtirish sohalarida faoliyat yuritadi. Uning yillik moliyaviy aylanmasi 15 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ayni paytda kompaniya tarkibida 150 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Ular asosan qurilish va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritmoqda.
Tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda Yaponiyaning turli hududlari bo‘ylab o‘zbekistonliklarni ishga qabul qilish loyihasini kengaytirish, haydovchilik sohasida ham fuqarolarimizni ishga qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni rasmiylashtiruvchi memorandum imzolandi.
Ushbu kelishuv Yaponiyada o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozori eshiklarini ochayotgani va kelgusida ish o‘rinlari soni ko‘paytirilishi rejalashtirilayotganini anglatadi. Memorandumda Yaponiyaning barcha hududlarida qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish kabi bir qator sohalarda hamkorlik ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

21:15 / 21.05.2025