Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi
Moskvada kuch tuzilmalari mahalliy aholi shikoyatlaridan so‘ng «Bodrost» nomli hammomda reyd o‘tkazdi. Tekshiruv paytidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
«Bu yerga ko‘p qirg‘izlar keladi», — deyiladi videoga ilova qilingan izohda.
«Insonlar ishdan keyin dam olish uchun hammomga kelgan edi. Ammo bug‘lanish va cho‘milish o‘rniga — OMON bosqiniga duchor bo‘lishdi. Baqir-chaqir, ur kaltak-sur kaltak, hammani yuztuban yerga yotqizishdi, hayvonlardek. Ko‘pchiligining tanasida katta-katta ko‘karishlar, qora dog‘lar bor. Bu tekshiruv emas — bu qiynoq», — deb yozdi Facebook’da Mirjan Balibayev ismli foydalanuvchi. U o‘z sahifasida hammomdagi OMON bosqini videosini ham joylashtirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, reydga go‘yoki hammom ma’muriyati mahalliy aholini cho‘milishga kiritmayotgani sabab bo‘lgan.
Hozircha Moskva huquq-tartibot organlari tomonidan rasmiy bayonot berilmadi. Shuningdek, hamma ma’muriyati ham voqeaga izoh bermagan.
Avvalroq Moskvaning Lyublinskaya ko‘chasidagi «Marino» metro bekati yaqinidagi «Mariel» savdo markazida joylashgan Spirit Fitness tarmog‘i klublaridan birida ham OMON reydi o‘tkazilgani xabar qilingan edi.
Fitnes-klub mijozlaridan biri jurnalistlarga aytishicha, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari klubga kelganlarni yuztuban qilib yotqizgan, odamlar 15 daqiqaga yaqin yotishgan, keyin zaldan voyaga yetmaganlar va ayollar chiqarib yuborilgan, qolgan erkaklar esa etnik kelib chiqishiga ko‘ra ajratilgan hamda ularning pasportlari tekshirilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025