Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Sanksiyalar Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Rossiyaning «zararli tashqi faoliyati» uchun 2021 yilda joriy qilingan edi.

Foto: AFP / ALEX WONG
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan 2021 yil 15 aprelida o‘zidan oldingi prezident Jo Bayden tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Tramp 14024-farmon muddatini uzaytirdi, u Bayden ma’muriyati tomonidan bir necha bor kengaytirilgan va uzaytirilgan edi. Farmon muddati 2025 yil 15 aprelda tugashi kerak edi.
Jo Bayden Rossiya hukumatining «zararli tashqi faoliyati», jumladan, 2020 yilgi AQSh prezidentlik sayloviga aralashuvi va SolarWinds dasturiy ta’minoti orqali AQSh davlat idoralariga kiberhujumlar uyushtirgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.
2021 yilda joriy etilgan sanksiyalar doirasida Qo‘shma Shtatlar Rossiya davlat qarzi bilan operatsiyalarni chekladi.
Donald Tramp prezidentlikka kirishganidan keyin 2014 yildan beri Rossiyaga nisbatan joriy qilingan bir necha boshqa sanksiyalarni ham uzaytirdi. Fevral oyida u Qrimni anneksiya qilgani hamda o‘zini o‘zi e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgani uchun Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni uzaytirdi.
Axios nashriga ko‘ra, agar aprel oyi oxirigacha Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi mumkin.
Mavzuga oid

23:51 / 12.04.2025
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV

21:19 / 12.04.2025
Eron va AQSh Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi

20:19 / 12.04.2025
AQSh smartfonlar va kompyuterlarni o‘zaro bojlardan ozod qildi

18:34 / 12.04.2025