«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi
Ular o‘z xatti-harakatlari oqibatini yaxshi tushungan.

Foto: RIA Novosti
Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktda gumon qilinayotgan tojikistonliklar ekspertizadan so‘ng aqli raso deb topildi.
Ayblanuvchi Dalerjon Mirzoyevning advokati Oleg Vlasov so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar ayblanuvchilar o‘z harakatlarini tushunish va ularni nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lganini tasdiqlagan.
«Ularning aqli raso va jismoniy salomatligi yaxshi ekanligi aniqlandi», deb qo‘shimcha qildi Vlasov.
2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatining Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktda 146 kishi halok bo‘ldi, 550 nafardan ortig‘i jarohatlandi.
To‘rt nafar qurollangan shaxs konsert zaliga bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata o‘q uzdi va binoga o‘t qo‘ydi. Oqibatda «Krokus» binosi butunlay yonib ketdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, teraktni sodir etganlar Tojikistonning to‘rt fuqarosi: Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda va Shamsidin Fariduni.
Mavzuga oid

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025