Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning energetika xavfsizligi va uglerod neytralligi masalalari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari lord Xant bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida lord Xant O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, atrof-muhitni muhofaza qilish va uglerod neytralligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuksak baholadi.
Britaniya tomoni ekologik barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishning resurslar tejamkorligiga asoslangan "yashil" rivojlanish modeliga o‘tish bo‘yicha Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadlari, shu jumladan, kam uglerodli rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya va "yashil" moliyalashtirish milliy dasturi ishlab chiqilgani, investitsiya loyihalarida "yashil" komponentlar kelgusi besh yilda 50 foizgacha ko‘paytirilishi bo‘yicha rejalarni olqishladi.
Suhbat davomida energetika xavfsizligi va uglerod neytralligini ta’minlash masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish xususida ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yuqoridagi masalalar bo‘yicha amaliy aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:43 / 27.05.2025
Bir kunda 6,2 mlrd so‘mlik energoresurslar talon-toroj qilindi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025