Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tinchlikka erishish uchun Ukrainadan anneksiya qilingan hududlarni so‘radi
Kelishuv shartlari Rossiyaning «suverenitetini va hozirgi hududiy chegaralarini tan olishni» nazarda tutadi.
Ukraina agar tinchlikka erishmoqchi bo‘lsa, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlar – Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojiye viloyatlaridan voz kechishi kerak. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv shartlari Rossiyaning «suverenitetini va hozirgi hududiy chegaralarini tan olishni» nazarda tutadi.
Boshqa talablar qatorida u Ukrainaning «yadrosiz va neytral maqomi», shuningdek, «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya»ni keltirdi. Bundan tashqari, Rossiya 2014 yildagi «davlat to‘ntarishidan» keyin Kiyev tomonidan qabul qilingan «barcha kamsituvchi qonunlarning bekor qilinishiga» intiladi, deb qo‘shimcha qildi Narishkin.
2025 yil fevral holatiga ko‘ra, Rossiya Lugansk viloyatining 98,6 foizini, Donetskning 62,6 foizini, Zaporojiyening 71,9 foizini va Xersonning 69,3 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, oxirgi ikkitasida u viloyat markazlarini nazorat qilmaydi – Zaporojiye (urushgacha bo‘lgan davrda aholisi 706 ming kishi) va Xerson (275 ming kishi).
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Xavfsizlik Kengashi raisi Sergey Shoygu Ukrainadan ushbu hududlarni to‘liq topshirishni talab qilgan edi. Shuningdek, prezident Vladimir Putin ham shuni talab qildi.
Aprel oyida Yaqin Sharq bo‘yicha AQSh maxsus vakili va Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarning asosiy ishtirokchilaridan biri Stiv Uitkoff AQSh prezidenti Donald Trampga tinchlikka erishish uchun ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Biroq, Tramp hali bu haqda qaror qabul qilmadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025