Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
19 aprel tongida giyohvand modda iste’mol qilgan haydovchi qora Gentra'da YPXning to‘xtash buyrug‘iga bo‘ysunmay, o‘ndan ortiq mashinani turtib o‘tdi va oxiri Matiz'ga borib urildi. Kun.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, guvohlarga mikrofon tutdi.
Voqea tong soat 07:30 larda, Chilonzor tumanida ro‘y bergan. 1999 yilda tug‘ilgan ayol YPXning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, kamida o‘nta mashinaga urilib yoki turtilib o‘tgani aytilyapti.
Mashina Bunyodkor shoxko‘chasida Matiz'ning orqasiga borib urilishi bilan to‘xtagan. Rasmiylarga ko‘ra, haydovchi giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan, uning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.
Guvohlarning Kun.uz muxbiriga aytishicha, kamida 2 ta Damas, bitta Matiz va Li 9 avtomobillariga turli darajada zarar yetkazilgan.
“Gentra Matiz'ni 4-5 marta urdi. Matiz bo‘lmaganda, ayol yana haydardi. U gaz pedalidan oyog‘ini olmayotgandi. Bo‘ysunmagandan keyin, xodimlar uni mashinadan tushirdi. Mashinasiga zarar yetgan haydovchilarning bir qismi [da’vo qilmay, qo‘l siltab] ketib qoldi. Kattaroq zarar ko‘rgan haydovchilar qoldi”, – deydi guvoh.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Avtomobilda bo‘lgan uch yo‘lovchi (ikki ayol, bir erkak)dan biri ham tergovga jalb etilgan.
Mavzuga oid

17:25 / 20.02.2025
Toshkentda mijozining yuziga jarohat yetkazgan kosmetolog jinoiy jazoga tortildi

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

16:50 / 18.02.2025
Toshkentda 37 tup daraxtni kesib ketgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

21:36 / 12.02.2025