Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Rossiya TIV rahbari Rossiyadagi mehnat migrantlari sonini kamaytiradigan chora-tadbirlar O‘zbekiston manfaatlariga ham javob bermasligini ta’kidladi.

Foto: TASS
Mehnat migrantlari orasida jinoiy tendensiyalarning shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozdi TASS.
Rossiya TIV rahbari Rossiyadagi mehnat migrantlari sonini kamaytiradigan chora-tadbirlar ikki tomonlama manfaatlarga javob bermasligini ta’kidladi. Lavrov bunga sabab sifatida mamlakatning rivojlanish rejalariga ta’sir qiladigan «mehnat qo‘llarining» yetishmasligini ko‘rsatdi.
«Ammo muammoning ikkinchi qismi - Rossiya qonunlariga rioya qilish va mehnat migrantlari o‘rtasida jinoiy tendensiyalarning shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurati», deb qo‘shimcha qildi vazir.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya O‘zbekistonni migrantlar o‘rtasida terrorizm va jinoyatchilik xavfini minimallashtirish «zarurligini to‘liq anglab yetgan» deb hisoblaydi.
Mavzuga oid

20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi

18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

23:03 / 23.05.2025