Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Ukraina rasmiylari Trampning tinchlik takliflaridan hafsalasi pir bo‘lgan va shartlarni qabul qilib bo‘lmas, deb hisoblamoqda.

Foto: AP
Kiyev Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarda eng yomon ssenariyga tayyorlanmoqda — Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishning tugashiga, deb yozdi Bild Ukraina hukumatidagi manbaga tayanib.
Ta’kidlanishicha, Ukraina rasmiylari Trampning tinchlik takliflaridan hafsalasi pir bo‘lgan va shartlarni qabul qilib bo‘lmas, deb hisoblamoqda.
«Muzokaralarda qog‘ozga yozilgan va bizga ishora qilinayotgan takliflarni qabul qilib bo‘lmaydi. Biz shunchaki osonlikcha taslim bo‘lmaymiz. Hukumat buni xohlasa va xohlamasa ham, xalq bunga qarshi bo‘lardi», dedi Bild manbasi.
Nashrning yozishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Rim papasi Fransisk bilan vidolashuv marosimida Donald Tramp bilan uchrashishi mumkin.
Ukrainalik diplomat so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Trampning takliflarini «muzokaralar taktikasi» deb hisoblaydi, biroq Oq uy rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hech qanday bosim o‘tkazmayapti.
AQSh Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kelishuv doirasida Rossiyadan Ukrainaning o‘z armiyasi va mudofaa sanoatiga bo‘lgan huquqini tan olishni talab qilgan. Bu masalalar AQSh prezidenti elchisi Stiv Uitkoffning Vladimir Putin bilan navbatdagi uchrashuvida muhokama qilinadigan mavzu bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi agentlikning anonim manbalari.
Bu shartga rozi bo‘lish Putinning harbiy maqsadlaridan biri bo‘lgan Ukrainani «demilitarizatsiya qilish» masalasida raqibga yon berishini anglatadi. AQSh urushni to‘xtatish maqsadida Kremlning ham, Ukrainaning ham yon berishini xohlamoqda.
«Shu vaqtgacha tanqidchilar AQSh takliflarini Rossiya manfaatlariga mos deb hisoblayotgan edi. Jumladan, Ukraina NATO harbiy alyansiga qo‘shilish niyatidan voz kechishi kabi», deb ta’kidladi Bloomberg.
Mavzuga oid

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

13:32
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

08:43