Jahon | 16:59 / 28.04.2025
1403
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sirtdan 15 yilga hukm qildi

Sud Yanukovichni odamlarni noqonuniy ravishda Ukraina davlat chegarasidan o‘tkazishni tashkil qilganlikda va dezertirlikka undaganlikda aybdor deb topdi.

Foto: Global Look Press

Kiyevning Podolsk tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich hamda unga yaqin bo‘lgan shaxslarni 2014 yil fevral oyida Rossiyaga qochib ketish ishi bo‘yicha 15 yil muddatda ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi.

Sud Yanukovichni odamlarni noqonuniy ravishda Ukraina davlat chegarasidan o‘tkazishni tashkil qilganlikda va dezertirlikka undaganlikda aybdor deb topgan.

Yanukovichning sobiq xavfsizlik xizmati boshlig‘i Konstantin Kobzar esa odamlarni noqonuniy ravishda chegaradan o‘tkazishni tashkil qilish va dezertirlikda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Podolsk tuman sudi ko‘rib chiqqan ish sobiq Ukraina prezidenti Yanukovichning 2014 yil 23 fevral kuni Rossiyaga qochib o‘tishi bilan bog‘liq. Yanukovich va Kobzar havo yo‘li orqali Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlikda va sobiq prezidentning yaqin atrofidagilar hamda uning xavfsizlik xodimlaridan kamida 20 nafarini chegaradan noqonuniy o‘tkazishni tashkil qilish orqali ularni dezertirlikka undaganlikda ayblangan.

11 yildan oshiq vaqtdan beri Rossiyada yashirinib yurgan Yanukovich uchun bu — Ukraina sudi tomonidan sirtdan chiqarilgan ikkinchi sud hukmi hisoblanadi. 2019 yil yanvar oyida Yanukovich davlatga xiyonat va tajovuzkor urush olib borishga ko‘maklashganlik bo‘yicha 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Mavzuga oid