Ukraina TIV Putin tomonidan e’lon qilingan otashkesim bo‘yicha izoh berdi
Agar Rossiya haqiqatan ham tinchlikni xohlasa, darhol o‘t ochishni to‘xtatishi kerak. 8 maygacha kutishning nima keragi bor?, dedi TIV rahbari.

Foto: Getty images
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, agar Rossiya haqiqatan ham tinchlikni istasa, uni ramziy sanalarga bog‘lamay, hoziroq o‘t ochishni to‘xtatishi kerakligini aytdi.
Ukraina TIV rahbari Kremlning 9 may G‘alaba kunining 80 yilligi munosabati bilan bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida e’lon qilgan bayonotiga shunday izoh berdi.
«Agar Rossiya haqiqatan ham tinchlikni xohlasa, darhol o‘t ochishni to‘xtatishi kerak. 8 maygacha kutishning nima keragi bor? Agar o‘t ochishni hozir va istalgan sanadan 30 kunga to‘xtatish mumkin bo‘lsa – bu shunchaki parad uchun emas, balki haqiqiy bo‘lishi kerak. Ukraina uzoq muddatli, ishonchli va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Va biz buni doimiy ravishda taklif qilamiz – kamida 30 kunga», deb yozdi Sibiga ijtimoiy tarmog‘ida.
28 aprel kuni Kreml G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan «insonparvarlik nuqtai nazaridan» o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qildi. Otashkesim 8 may yarim tundan 11 mayga o‘tar kechasigacha amal qiladi. Kreml Ukrainani «bundan o‘rnak olish»ga, shuningdek, barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Avvalroq Vladimir Putin Pasxa bayramida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilgan edi, u 19 apreldan 21 aprelgacha amalda bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, Moskva va Kiyev bir-birini Pasxa sulhiga bir necha bor rioya qilmaslikda aybladi.
Mavzuga oid

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

18:19 / 28.04.2025
KXDR urushdagi ishtirokini ilk bor tasdiqladi

17:09 / 28.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsxonadan qo‘yib yuborildi

16:59 / 28.04.2025