Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
AQSh prezidenti hozircha qaror qabul qilmagan, chunki urushni yakunlash bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar davom etmoqda.
Amerikalik amaldorlar AQSh prezidenti Donald Tramp uchun Rossiyaga iqtisodiy bosim ko‘rsatishning bir qator variantlarini tayyorlab qo‘ydi. Bunga Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni kechiktirayotgani sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.
Tramp jamoasining takliflari nimalardan iborat ekani — noma’lum. Bloomberg suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp hozircha qaror qabul qilmagan, chunki urushni yakunlash bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar davom etmoqda. Ularning qo‘shimcha qilishicha, har qanday qarorni yakunda baribir AQSh prezidenti qabul qiladi.
AQSh Milliy xavfsizlik kengashi va Davlat departamenti agentlikning izoh so‘rab yo‘llagan murojaatlarini javobsiz qoldirgan.
Donald Tramp bir necha bor Vladimir Putin tinchlikni xohlashi haqida gapirgan edi, ammo 24 aprel kuni kecha Kiyevga berilgan zarbalardan keyin AQSh prezidenti bu boradagi fikrlarini o‘zgartirib, Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy etishni o‘ylab boshladi. Davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlashicha, hozircha sanksiyalar Vashington urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlashga umid qilayotgani bois joriy etilmayapti.
Avvalroq AQSh senatorlari Rossiyaga qarshi «maydalovchi» sanksiyalar tayyorlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu boradagi qonun loyihasi nafaqat Rossiyaga qarshi, balki RFdan neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uran sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik bojlarni ham nazarda tutadi. Bundan tashqari, AQSh fuqarolariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib olish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:00 / 28.05.2025