Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
Haydovchi bolalarni bog‘chadan olib ketayotgan bo‘lgan. U kuzatilgan shunday holatlar bo‘yicha “rekord” o‘rnatdi.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Damas mashinasida 32 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi bolalarni xususiy bog‘chadan olib ketayotgan bo‘lgan. Xodimlar tomonidan holat bartaraf etilib, mashina kuzatuv ostida bog‘chaga qaytarilgan. Haydovchiga nisbatan chora ko‘rilgan.
Shuningdek, holat yuzasidan viloyat Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.
Oldinroq Namanganda 25 nafar, Samarqandda 25 nafar, Qoraqalpog‘istonda esa 27 nafar bola Damas'da olib ketilayotgani aniqlangandi.
Mavzuga oid

15:29 / 02.05.2025
Prezident Xorazmda arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytdi

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

12:46 / 28.04.2025