Jahon | 09:31
1987
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya TIV Rubio bilan "Germaniya uchun muqobil" bo‘yicha bahsda: Bu - demokratiya

AQSh davlat kotibi bilan tortishuvda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasining «Germaniya uchun muqobil» partiyasini federal darajada o‘ng ekstremistik deb tasniflash haqidagi qarorini himoya qildi.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan munozarada Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasining "Germaniya uchun muqobil" partiyasini federal darajada o‘ng ekstremistik deb tasniflash haqidagi qarorini himoya qildi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi 2 may, juma kuni X ijtimoiy tarmog‘ida tegishli post qoldirdi.

«Bu - demokratiya. Bu qaror - Konstitutsiyamiz va qonun ustuvorligini himoya qilish bo‘yicha puxta va mustaqil tergov natijasidir», — deya ma’lum qildi Germaniya TIV.

Konstitutsiyani himoya qilish bo‘yicha federal idora «intensiv va har tomonlama ekspertizadan so‘ng» tegishli baho berdi, deb ta’kidladi BfV.

Germaniya ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Nensi Fezer ekspert bahosiga «hech qanday siyosiy ta’sir» yo‘qligini aytdi.

«Yangi maqom 1100 sahifalik hisobotda bayon etilgan keng qamrovli va neytral tahlil natijasidir», dedi Fezer.

«Oxirgi so‘z mustaqil sudlarga qoldiriladi. Biz o‘z tariximizdan bilamizki, o‘ng ekstremizmga chek qo‘yish kerak», — deya ta’kidladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi o‘z navbatida.

Mavzuga oid