Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi
Ukraina prezidenti rossiyalik hamkasbining tashabbusini «katta sahna spektakli» deb atadi. Uning aytishicha, Ukraina 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan paradda Putinga «xuddi izolyatsiyadan chiqib qolgandek illyuziyani yaratishda» yordam bermoqchi emas.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 8-11 may kunlari vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev 7 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga 3 emas, balki 30 kunga tayyor, deb xabar berdi BBC.
«Bu katta sahna spektakli», dedi Zelenskiy Kreml tashabbusini izohlar ekan.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan paradda Putinga «xuddi izolyatsiyadan chiqib qolgandek illyuziyani yaratishda» yordam bermoqchi emas.
«9 may kuni Putinga xuddi izolyatsiyadan chiqqandek taassurot qoldirishi uchun hech kim yordam bermaydi», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Ukraina rahbari, shuningdek, Kiyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga tashrif buyurishga qaror qilgan xorijiy davlat rahbarlarining xavfsizligini kafolatlay olmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlikni ta’minlash Rossiya tomonining zimmasida.
Avvalroq, 28 aprel kuni Putin 8 mayga o‘tar kechasidan 11 mayga o‘tar kechasigacha harbiy harakatlarni to‘xtatish rejasini ma’lum qilgan edi. Bunga javoban Ukraina tomoni o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishni taklif qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025