Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers Parij va London bilan yadroviy tiyib turish masalasini muhokama qilishga tayyor
Germaniyaning yangi kansleri Fransiya va Buyuk Britaniya bilan Yevropada yadroviy tiyish turish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishning «asosiy zarurati» haqida gapirdi. Bu AQSh yadroviy soyaboniga qo‘shimcha bo‘lishi mumkin, dedi Fridrix Mers.
Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers yevropalik ittifoqchilar bilan yadroviy to‘xtatib turish masalalarini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Mers 7 may, chorshanba kuni Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashganida: «Fransiya va Buyuk Britaniya bilan kelajakda qanday qilib birgalikda bunday to‘xtatuvchilikni ta’minlashimiz mumkinligini muhokama qilishimiz uchun fundamental zarurat ko‘rmoqdaman», dedi.
Shu bilan birga, Fransiya yadroviy soyabonining mumkin bo‘lgan kengayishi AQSh yadroviy kafolatlarini almashtirmaydi, balki ularga qo‘shimcha bo‘ladi, dedi Germaniya kansleri o‘zining yangi lavozimidagi birinchi xorijiy tashrifi chog‘ida.
Mers, shuningdek, Fransiya bilan bo‘lajak muzokaralarni «uch plyus uch» formatida e’lon qildi, bu uchrashuvlarda Germaniya kansleri va Fransiya prezidenti, shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar va mudofaa vazirlari ishtirok etishini anglatadi. Mers ham, Makron ham Fransiya-Germaniya munosabatlarini mustahkamlash niyatida ekanini ta’kidladi, deya xabar beradi AFP.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025