O‘zbekiston | 14:17 / 09.05.2025
835
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

Bir guruh ekspertlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSST vakillari 2025−2035 yillarga mo‘ljallangan saratonga qarshi kurash milliy strategiyasining dastlabki versiyasini kelishib oldi. 

Foto: JSST

28-30 aprel kunlari Toshkentda onkologlar, tahlilchilar, Sog‘liqni saqlash vazirligi, JSST va strategik markazlar vakillari 2025-2035 yillarga mo‘ljallangan Saraton kasalligiga qarshi kurashish milliy strategiyasining dastlabki versiyasini kelishib oldi va Harakatlar rejasini shakllantirishga start berdi.

Milliy strategiya ustida olib borilayotgan ishlar «O‘zbekiston Respublikasida onkologik xizmatlarni rivojlantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlash» loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilmoqda.

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq odam saraton kasalligiga chalingan. Har yili 20 000 dan ortiq yangi holatlar aniqlanadi. Ularning ko‘pchiligi erta aniqlanib, o‘z vaqtida davolansa, saratonning oldini olish yoki undan butunlay sog‘ayib ketish mumkin.

"Ammo tizimli yondashuvsiz buning iloji yo‘q. Shuning uchun kelajak rejasidagi har bir maqsad, har bir harakat: asbob-uskunalar va kadrlardan tortib, madaniy to‘siqlar va aholining ishonchigacha muhokama qilindi. Maqsad shunchaki statistikani pasaytirish emas. Maqsad — insonlar hayotini saqlab qolish", deya ta’kidladi xalqaro tashkilot.

Mavzuga oid