Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Joriy yilning 7 may kuni soat 13:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Malibu-2, Monza va Onix rusumli avtomashinalar to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l transport hodisasidan so‘ng Onix rusumli avtomashina haydovchisi YTH joyini tashlab ketgan.
Ushbu holat bo‘yicha Onix haydovchisi yo‘l transport hodisasi joyini tashlab ketganligi sababli o‘rnatilgan tartibda MJtKning 134- va 137-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashinalar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
YTH natijasida Malibu-2 avtomashina haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

20:21 / 24.05.2025