Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Britaniya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning Ekspluatatsiya va mehnat qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash tashkiloti departamenti boshlig‘i (Gangmasters and Labour Abuse Authority – GLAA) Nevill Bredberi bilan onlayn muzokara o‘tkazdi.
Muloqot davomida GLAA vakillariga O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar va ularning ijobiy natijalari borasida batafsil ma’lumot berildi.
Britaniya tomoni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi sifatida qayta tashkil etilganini O‘zbekiston tomonidan xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash borasidagi ijobiy qadam sifatida baholadi.
Muzokaralar natijasida GLAA va Migratsiya agentligi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda keyingi qadamlarni muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning may oyida Ekspluatatsiya va mehnat qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash tashkiloti vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025