Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Ona bunday «qo‘pol hazil»ni TikTokʼka video joylashtirish maqsadida amalga oshirgan. Sud esa ayolni aybdor deb topib, jarimaga tortdi.
Shvetsiyaning Helsingborg shahrida yashovchi 24 yoshli ayol TikTokʼdagi video uchun jarimaga tortildi. Rolikda u tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqani tasvirlangan.
Qayd etilishicha, voqea o‘tgan yili sodir bo‘lgan. Ona qiziga birgalikda olmali pirog pishirishni taklif qilgan. Shundan so‘ng ayol tuxumni qizning peshonasiga urib chaqqan va holatni videoga olgan. Qiz yuz bergan holatdan hayratga tushib, bu unga yoqmaganini aytgan. Ayol esa bunga javoban kulgan.
TikTokʼka joylangan ushbu rolik qariyb 100 ming marotaba ko‘rilgan. Videoga e’tibor qaratgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri bu haqida politsiyaga xabar bergan. Natijada, ayolga «bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilish» ayblovi ilgari surilgan.
Ona sudda qilgan ishi qo‘pol hazil ekanini ma’lum qilib, TikTokʼda bu kabi videolar trendda bo‘lgani va ko‘plab ota-onalar shunday roliklarni tasvirga olganini ta’kidlagan. Ammo prokuror ayol bolani «tahqirladi» deb topgan va uning harakatlarini «o‘ylamay qilingan ish» deya ta’riflagan.
Natijada, ayol aybdor deb topilgan va 20 ming krona (2 ming dollardan ortiq) miqdorida jarimaga tortilgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
19:33 / 02.05.2025