Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonda tibbiyot sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Tibtexnika kompaniyasi rahbari Elyor Rahmatov va Misrning Bell Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haysam Husayn o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Tibtexnika kompaniyasi rahbari Elyor Rahmatov muloqot avvalida korxona faoliyati va rejalari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Asosiy e’tibor ishlab chiqarilgan tibbiyot mahsulotlari eksportini tashkil qilish, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga yetkazish uchun tegishli litsenziyalar olish masalalariga qaratildi.
Misr tomoni bilan tibbiyot sohasida qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Bell Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haysam Husayn O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
19:47 / 13.05.2025