Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligida Vengriyaning xalqaro biznes aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha elchisi va Yevropaning telekommunikatsiya sohasidagi yetakchilaridan biri - 4iG kompaniyasi rahbari Gillert Yasay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, raqamli yechimlar asosida hamkorlik yo‘llarini izlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomonining bu boradagi ochiqligi va konstruktiv yondashuvi Vengriya vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqot davomida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba, xususan, Vengriya modeli muhokama markazida bo‘ldi.
O‘zbekistonda raqamlashtirish jarayonlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi hal qiluvchi omillardan biri ekani ta’kidlandi. Vengriya texnologiyalari va tajribasini mamlakatda joriy etishdan manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va istiqbolda ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
16:41 / 22.05.2025