Bojxona organlari tomonidan fuqarolarga pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi
Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ixtiyoriy pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Instagram / bojxona.official
Nizom davlat bojxona xizmati organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida yoki interaktiv xizmatlar orqali elektron shaklda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Bojxona organlari tuzilmalari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar buyurtmachi uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Bunda, bojxona organlari tuzilmalari tomonidan pulli xizmatlar bo‘yicha qilingan murojaatni ko‘rib chiqilishini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Buyurtmachi pulli xizmat ko‘rsatishni so‘rab, o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan bojxona organlari tuzilmalariga yozma yoki Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
Jismoniy shaxslar Milliy kinologiya markaziga og‘zaki tarzda murojaat qilishlari mumkin, bunda ushbu markaz tomonidan murojaatlarning hisobi alohida tartibda yuritiladi.
Veb-sayt orqali murojaat qilinganda, ushbu murojaat Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga avtomatik ravishda kelib tushadi.
Yozma shaklda taqdim etilgan murojaat kelib tushgan kundan kechiktirmay Bojxona qo‘mitasining mas’ul xodimi tomonidan YaATga kiritiladi.
Murojaat YaATda kelib tushgan kunning o‘zida elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Murojaat kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tegishli bojxona organlari tuzilmasi xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha murojaat qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Bojxona organlari tuzilmalari tomonidan murojaatdagi ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq emasligi aniqlanganda, murojaat rad etiladi hamda bir ish kuni ichida bu haqda buyurtmachiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, javob xati yuboriladi.
Buyurtmachi murojaat rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan holda, takroran murojaat qilishi mumkin. Takroran kiritilgan murojaat ushbu nizomga muvofiq umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Murojaat pulli xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilinganda, bir ish kuni ichida buyurtmachi va tegishli bojxona organlari tuzilmasi o‘rtasida shartnoma tuziladi (bundan og‘zaki tarzda qilingan murojaatlar mustasno) hamda buyurtmachiga pulli xizmat ko‘rsatish boshlanadi.
Pulli xizmat uchun to‘lovlarni va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish tartiblari, muddatlari hamda boshqa shartlari shartnomada belgilanadi.
Pulli xizmat ko‘rsatish quyidagi hollarda yakunlangan deb hisoblanadi:
- Bojxona qo‘mitasining markaziy apparati tomonidan – belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish yakunlanganidan so‘ng;
- Milliy kinologiya markazi tomonidan – xizmat turidan kelib chiqib, diagnostik, davolash, o‘qitish, saqlash va/yoki boshqa xizmatlari yakunlanganidan so‘ng;
- Bojxona instituti tomonidan – pulli o‘quv kursi bitiruvchilariga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etilganda va/yoki boshqa xizmatlarni ko‘rsatish yakunlanganidan so‘ng;
- Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan – mutaxassis fikri taqdim etilganidan va/yoki boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish yakunlanganidan so‘ng.
Mavzuga oid

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

17:10 / 21.04.2025