Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Ispaniyada ushlandi
2015 yildan 2019 yilgacha Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida ishlagan Oleg Gladkovskiy Ukrainada davlat buyurtmasi doirasida yuk mashinalarini oshirilgan narxlarda xarid qilganlikda gumon qilinmoqda. Hozirda uni ekstraditsiya qilish masalasi hal etilmoqda.
Ispaniyada Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq birinchi o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda 14 may, chorshanba kuni Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura va Ukraina milliy aksilkorrupsiya byurosi ma’lum qildi.
Ishga aloqador shaxsning ismi rasman oshkor etilmagan, biroq Ukraina ommaviy axborot vositalari, xususan, «Ukrainskaya pravda» va «Suspіlne» nashrlari manbalarga tayanib, gap 2015 yildan 2019 yilgacha Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida ishlagan Oleg Gladkovskiy (Svinarchuk) haqida ketayotganini yozmoqda.
Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenkoning asosiy biznes sheriklaridan biri deb atalgan Gladkovskiy 2024 yilning aprelidan beri qidiruvda, vatanida u davlatga 17 million grivnadan ortiq zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Hozirda uni Ukrainaga ekstraditsiya qilish masalasi hal etilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025