Rossiya quruqlik qo‘shinlarining yangi bosh qo‘mondoni kim bo‘lishi ma’lum qilindi
Rossiya Quruqlik qo‘shinlarining yangi qo‘mondoni, general-polkovnik Andrey Mordvichev Ukrainada jang qilayotgan «Tsentr» guruhini boshqargan. Avvalroq bu lavozimda ishlab kelgan Oleg Salyukov Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: SakhalinMedia
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 may, payshanba kuni e’lon qilingan farmonga ko‘ra, Oleg Salyukovni Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etib, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinladi. Yangi bosh qo‘mondon etib Ukrainadagi jangovar guruhni boshqargan general-polkovnik Andrey Mordvichev tayinlandi.
May oyida Salyukov 70 yoshga to‘ladi, bu Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, general lavozimini egallash uchun maksimal yosh hisoblanadi. Salyukov Ukrainadagi urush tufayli Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida. Rossiya Quruqlik kuchlari bosh qo‘mondoni sifatida u, xususan, 2014 yildan 2025 yilgacha 9 may kuni Moskvadagi paradlarni boshqargan.
General-polkovnik Andrey Mordvichev Ukrainadagi urushda faol ishtirok etyapti. 2022 yilda Mordvichev Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari etib tayinlandi. Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshida uning boshchiligidagi rus qo‘shinlari Mariupolni egallab oldi.
2023 yilda Mordvichev Markaziy harbiy okrug va "Tsentr" guruhi qo‘mondoni bo‘ldi. Donetsk yo‘nalishidagi hujum paytida uning qo‘mondonligi ostida Avdiyivka, Ocheretino, Selidovo, Ukrainsk va Kuraxovo egallandi.
Mavzuga oid

12:23
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

00:53
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

23:59 / 15.05.2025
Medinskiy Ukraina delegatsiyasini 16 may kuni ertalab Istanbulda kutadi

23:58 / 15.05.2025