Jahon | 10:51
2044
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina fuqarosi Kir Starmerning uyiga o‘t qo‘yishda ayblanmoqda

Politsiya 21 yoshli Ukraina fuqarosi Roman Lavrinovich Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan bog‘liq mashina va ikkita uyga o‘t qo‘yishda ishtirok etgan deb hisoblamoqda. Ayblanuvchining motivlari haqida xabar berilmagan.

Foto: AP

21 yoshli Ukraina fuqarosi Roman Lavrinovichga Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerga aloqador ikki uy va avtomobilga o‘t qo‘yganlikda ayblov qo‘yildi, deb xabar bermoqda AFP agentligi 15 may, payshanba kuni London politsiyasiga tayanib.

Lavrinovich 13 may kuni London janubi-sharqidagi Sidenxam shahrida hibsga olingan. U «inson hayotiga xavf tug‘dirish maqsadida» uchta epizodda o‘t qo‘yishda ayblanmoqda», — deyiladi politsiya xabarida. Ayblanuvchining motivlari haqida xabar berilmagan.

Ko‘rib chiqilayotgan holatlar o‘tgan hafta sodir bo‘lgan uchta yong‘indir: London shimolidagi Kentish-Taun hududida avtomashinada sodir bo‘lgan yong‘in, Starmerning bosh vazir bo‘lgunga qadar yashagan o‘sha ko‘chadagi shaxsiy uyidagi yong‘in va London shimoli-g‘arbidagi uyga o‘t qo‘yish hujumini, shuningdek, ommaviy axborot vositalari Britaniya bosh vaziri bilan bog‘lagan. Hodisalarda hech kim jabrlanmagan, yong‘in faqat kirish eshiklariga zarar yetkazgan.

Kir Starmer o‘zi bilan bog‘liq uy va avtomobil yong‘inlarini demokratiya va Britaniya xalqi himoya qiladigan qadriyatlarga hujum deb atadi. 2024 yil iyul oyidan beri Starmer va uning oilasi Dauning-stritdagi Britaniya bosh vazirining rasmiy qarorgohida istiqomat qiladi.

Mavzuga oid