Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, tumandagi “P.G.O.” MChJ rahbari U.X. jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompress shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali, tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi ta’minlangan.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:56 / 02.05.2025