Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yaponiya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Taro Xonda bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbatdoshlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga oliy darajadagi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan hujjatlar ikki davlat mudofaa idoralari hamkorligini rivojlantirishda mustahkam poydevor bo‘lganligini ta’kidladilar.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Yaponiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida kiberxavfsizlik, IT va boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda aloqalarni jadallashtirishga kelishildi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida doimiy aloqalarni davom ettirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025