Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Ushbu tartib 2025 yil 30 iyundan ishga tushadi. QR-kodga ariza berishni safardan 72 soat oldin amalga oshirish kerak.
Vizasiz tartibda Rossiyaga boradigan chet el fuqarolari, jumladan, o‘zbekistonliklar ham chegarada QR-kod ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Tartib joriy yil 30 iyunidan amalda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xabar berdi.
QR-kod «Gosuslugi RuID» mobil ilovasi orqali olinadi. Buning uchun ilovada ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinet yaratish, so‘ng fotosurat va shaxsiy ma’lumotlar yuklab, Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish lozim.
QR-kod uchun ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi shart. Agar Rossiyaga borish zarurati to‘satdan (masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo‘lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.
Bunday ro‘yxatdan o‘tishdan Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bolalar, shuningdek, viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar ozod etiladi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodi bo‘lishi shart.
Bu tartib Rossiya hukumatining 2024 yil 7 noyabrdagi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasiga kirish hamda chiqish qoidalari, shartlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazilishi to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga kiritilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025