Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi
Rossiya davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, turli mintaqalardagi davlat kutubxonalari Tramp yozgan kitoblarni, shuningdek, uning tarjimayi holini sotib olmoqda.
Rossiyaning qator viloyatlaridagi davlat kutubxonalari AQSh prezidenti Donald Tramp kitoblarini xarid qilishni boshladi. Bu haqda 21 may, chorshanba kuni «Moskovskiy komsomolets» gazetasi davlat xaridlari portalida chop etilgan buyurtma raqamlariga tayanib xabar berdi.
Jumladan, jurnalistlar Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahar kutubxonalari assotsiatsiyasining Trampning «Chempion kabi o‘yla. Magnatning hayot va biznes bo‘yicha e’tiroflari» kitobiga, Boyqo‘ng‘ir kutubxonachilaridan esa «Kelishuv san’ati» kitobiga buyurtmani aniqladi.
Bundan tashqari, kutubxonalar rossiyalik mualliflarning Amerika prezidenti haqidagi kitoblariga buyurtma berishmoqda. Shunday qilib, Irkutsk viloyatining Sayansk shahridan Aleksandr Nemirovning «Donald Tramp. O‘ziga xos begona» tarjimayi holi, Chelyabinskdan — Igor Prokopenkoning «Qarama-qarshi rahbarning portreti» kitobi uchun so‘rov kelib tushdi.
Shunga o‘xshash buyurtmalar Noviy Urengoy, Yakutiyaning Namskiy Ulus va Tver viloyatining Bejyetsk shahridan olingan. Kutubxonalar tushuntirishicha, Tramp 2024 yil noyabrida prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng u yozgan kitoblar va uning tarjimayi holiga qiziqish ortgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025