Toshkent sh.
Toshkent sh.
Toshkent shahri — O‘zbekistonning poytaxti va eng yirik shahri bo‘lib, aholisi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozog‘iston bilan chegaraga yaqin hududida joylashgan.
Hozirgi kunda, mustaqil O‘zbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda ko‘p millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik o‘zbeklar va qozoqlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 2009 yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi.
Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’adan jahondagi yirik shaharlardan biri, O‘zbekiston Respublikasining poytaxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Asrlar davomida shahar o‘zining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron bo‘lib, qayta qad ko‘tardi. Toshkent o‘rnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta o‘zgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bog‘istoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Ko‘hakiy kabi buyuk allomalar shu hududda yashab, ijod etganlar.
Poytaxt hududida Ko‘kaldosh madrasasi, Kaffol-Shoshi maqbarasi, Hazrati Imom arxitektura ansambli, Abul Qosim madrasasi, Barakxon madrasasi, Juma masjidi, Amir Temur muzeyi, Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni, Istiqlol maydoni, Jasorat monumenti, Hasti Imom maydoni, Tilla Shayx masjidi, Xadra maydoni, To‘le bi maqbarasi, So‘fi Ota maqbarasi, Toshkent teleminorasi kabi ko‘zga ko‘ringan obida va inshootlar mavjud.
Maydoni: 435 km²
Aholisi: 2,9 mln kishi