Fan-texnika | 10:37 / 22.12.2015
4725
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik avtohavaskor Ferrari’ning besh afsonaviy modelini qiyoslab ko‘rdi

Helios Productions videostudiyasi egasi, amerikalik aktyor va teleboshlovchi Alexandro Salomon poyga trekida Ferrari’ning besh afsonaviy modelini qiyoslab ko‘rdi. Bular turli yillarda chiqarilgan 288 GTO, F40, F50, Enzo va LaFerrari gibrid superkaridir. Ko‘rsatuv yakunida u modellar ishtirokida dreg-reysing bo‘yicha mini-turnir o‘tkazdi.

Salomonning so‘zlariga qaraganda, testingdan maqsad Ferrari mashinalari 30 yil mobaynida qanday rivojlanganini ko‘rsatishdir. Avtomobillarni muallifga tadbirkor va kolleksioner Devid Li taqdim etdi.

Film uch qismdan iborat.

Birinchi qismda Salomon 288 GTO, F40 va F50larni trekda sinab ko‘rdi. Ikkinchisida u Enzo va LaFerrari’larni o‘zaro taqqosladi, uchinchisida esa barchasini dreg-poygada sinab ko‘rdi.

288 GTO va F40 poygasida yangiroq model g‘alaba qozondi.

Finalda Salomon dregda LaFerrari va Enzo’ni qiyosladi; kutilganidek, superkar g‘alaba qozondi.