Fan-texnika | 10:14 / 21.04.2016
2642
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi “Prius” Yevropa krash-testida yuqori ball oldi

Yevropaning Euro NCAP tashkiloti yangi avlod Toyota Prius avtomobilini krash-testdan o‘tkazdi. Sinov natijalariga ko‘ra, gibrid 5 yulduzcha, ya'ni eng yuqori ballga loyiq topilgan.

Aytish joizki, “Prius” yangi qoidalar asosida sinab ko‘rilgan ilk mashina bo‘ldi. Euro NCAP 2016 yildan boshlab, xavfsizlik reytingini baholashda rasmiy ravishda, favqulodda avtomatik to‘xtash tizimi (AYeV-automatic emergency braking system)ni ham 3 ballik shkala bo‘yicha e'tiborga oladigan bo‘ldi. Ushbu tizim, modelning barcha namunalariga o‘rnatilmagan taqdirda ham, Euro NCAP modelning standart modifikatsiyasini ham AYeV (automatic emergency braking system) tizimini hisobga olgan holda baholaydi.

Toyota Prius barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘ta oldi. Manekenlardan olingan namunalar shuni ko‘rsatdiki, oldto‘qnashuvda haydovchi ko‘krak qafasi quyi darajada himoyalangan. Yontomondan to‘qnashuv sodir bo‘lganda esa, haydovchi himoyasi zaifdir. Bundan tashqari, oldto‘qnashuvda haydovchi ortida o‘tirgan 6 yoshgacha bo‘lgan bola ham ko‘krak qafasi sohasidan jarohatlanishi mumkin. Yo‘lovchilar uchun esa, kuzovning oldustunlari juda qattiqligi xavflidir.

Toyota Prius favqulodda avtomatik to‘xtash tizimining yo‘lda odamlarni aniqlay oladigan namunasi bilan jihozlanadi. Ushbu tizim, mumkin bo‘lgan eng yuqori ball — 3 ballni oldi.

Toyota Prius krash-testi natijalari

Katta yoshli yo‘lovchilar himoyasi Bolalar himoyasi Piyodalar himoyasi Elektron tizimlar Umumiy baho

92 foiz, 82 foiz, 77 foiz, 85 foiz, Besh yulduz

“Prius”dan tashqari Euro NCAP Suzuki Baleno xetchbekining ikki modifikatsiyasini ham krash-testdn o‘tkazgan. AYeV tizimi bilan jihozlangan namunasi 4 ballga, oddiysi 3 ballga loyiq ko‘rilgan.