Sport | 10:48 / 06.05.2016
3645
2 daqiqa o‘qiladi

Mircha Luchesku: «Biz yarim finalni Lvovdagi birinchi uchrashuvdayoq boy bergandik»

Ukrainaning «Shaxtyor» klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Yevropa Ligasining 1/2 final bosqichida «Sevilya» imkoniyatni boy berganidan (1:3, 2:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Lvovda ham (birinchi uchrashuv o‘tkazilgan shahar — Kun.Uz), bugun ham birinchi bo‘limdan keyin bu jamoa bilan finalga chiqa olishimizga ishongandim. Ammo bizga bardosh yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda «Sevilya»ga to‘p nazoratini ham topshirib qo‘ydik. Shuningdek, ikki marta ham «Sevilya» foydalangan qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik. Men barcha futbolchilar o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Sababi biz o‘z ishtirokimiz orqali Ukraina futboliga muhim ochkolarni taqdim etdik. 

O‘ylashimcha, bu uchrashuvni Ispaniyada emas Lvovda boy berib bo‘lgandik. O‘shanda biz birinchi bo‘limdayoq uchrashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi», – deya Lucheskudan iqtibos keltiradi Tribuna.com «Futbol 1» telekanalidagi intervyusidan foydalanib.

Mavzuga oid