Fan-texnika | 15:51 / 26.06.2016
9148
5 daqiqa o‘qiladi

Texnologiyalar sanoati korxonalarining eng musibatli qo‘shilishiga 11 misol

2015 yilning kuz oyida Dell EMC kompaniyasini 67 milliard dollarga sotib oldi. Bu esa texnologiya sohasidagi eng katta qo‘shilish va sanoat tarixidagi ikkinchi eng katta kelishuv bo‘ldi.

Iyun oyida Microsoft kompaniyasi LinkedIn uchun 26 milliard dollar sarfladi – bu esa Redmond korporsiyasi tarixidagi eng qimmat xarid hisoblanadi. 

Sarmoyador Mark Andressen va Salesforce rahbari Mark Benioff bunday xaridlar endi boshlanmoqda deb hisoblashadi. 

Quyida avvalgi katta kompaniyalarning qo‘shilishi natijalarini ko‘rib chiqamiz. 

11. Oracle – BEA. 2008 yilning yanvar oyida BEA kompaniyasining 8,5 milliard dollarlik xarididan so‘ng, Oracle korporatsiyasi WebLogic nomidagi dasturiy ta'minotni qo‘lga kiritdi. Bu dastur hozirgi kungacha Fusion Middleware dasturchilari tomonidan foydalaniladi.

10. Compaq—DEC. 1998 yilda Compaq Digital Equipment Corp.ni 9,6 milliard dollarga sotib oldi. 1960 yildan beri kompaniya serverlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanar edi. Ammo DEC shaxsiy kompyuterlarning yangi bozoriga vaqtida moslasha olmadi. 

9. Symantec—Veritas. 2005 yilda antivirus giganti Symantec ma'lumotlarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi Veritas kompaniyasini 13,5 milliard dollarga sotib olishga harakat qilgan edi. 
Sarmoyadorlarga taklif qilinayotgan kelishuv yoqmadi va uning narxi 10,5 milliard dollarni tashkil etdi. O‘nlab yillar davom etgan afsuslardan so‘ng 2015 yilning yoz oyida  Symantec Veritas’ni 8 milliard dollarga sotib yuborgan.

8. Oracle—PeopleSoft. Oracle xodimlarni boshqarish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi PeopleSoft kompaniyasini sotib olishga 2 marta uringan, ammo ularning taklifi rad etilgan. Keyinchalik esa AQShning Adliya vazirligi antimonopol talablari bilan bu kelishuvga aralishib, uni yakunlashga yordam bergan.

7. HP—EDS. Electronic Data Systems kompaniyasiga 1962 yilda asos solingan bo‘lib, IT-autsorsing bo‘yicha korportiv mijozlar uchun xizmatlarni amalga oshirib kelgan. HP esa 2008 yilning iyul oyida EDS’ni 13,9 milliard dollarga sotib olgan. Ammo kelishuv amalga oshirilgandan so‘ng, muntazam ravishda xodimlarni ishdan bo‘shatilishlar boshlangan. 2016 yilning may oyida esa HP Enterprise EDS’ni o‘zining raqobatchisi Computer Sciences Corp.ga sotib yuborish xohishini bildirgan. 

6. JDS Uniphase—E-Tek. 2000 yilning iyun oyida JDS Uniphase optik tarmoq komponentlarini ishlab chiqaruvchi E-Tek Dynamics’ni 15 milliard dollarga sotib oldi. Optik texnologiyalar bozoridagi “pufak” yorilgandan so‘ng JDS Uniphase katta zarar ko‘rdi. 

5. VeriSign—Network Solutions. 2000 yilning mart oyida elektron pochta xavfsizligi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi Network Solutions kompaniyasining domen ismlar registratorini 20,8 milliard dollarga sotib oldi. Network Solutions nafaqat domenlarni sotish bilan shug‘ullanadi, balki birinchi darajadagi .com, .net, va .org domenlarini ham boshqargan.

Buning natijasida VeriSign kompaniyani sotishga majbur bo‘lgan. Chunki kompaniya nomiga sudga ariza berilib, o‘z saytiga aldov yo‘li bilan chaqirib olish aybi qo‘yilgan. Agarda foydalanuvchi sayt nomini kiritishda xatolikka yo‘l qo‘ysa, VeriSign avtomat tarzda reklamali sahifasiga yo‘naltirib yuborgan.

4. HP—Compaq. 2002 yilda HP shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchi Compaq kompaniyasini 19 milliard dollarga sotib olgan. O‘sha vaqtda ikkala kompaniyaning ham shaxsiy kompyuterlar bozorida ishi yurishmayotgan edi. Natijada HP 30 ming nafar xodimni bo‘shatishga majbur bo‘lgan. 

3. Microsoft—LinkedIn. Microsoft korporatsiyasi LinkedIn mutaxassislar ijtimoiy tarmog‘ini 26 milliardga sotib olgandi. Taxminlarga ko‘ra, Microsoft o‘zining ofis paketlari bilan LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini integratsiya qilishni rejalashtirmoqda. Ammo bu kelishuv natijasi nimaga olib kelishini vaqt ko‘rsatadi.

2. JDS Uniphase—SDL. 2000 yilning iyul oyida E-Tek bilan amalga oshirilgan kelishuvdan so‘ng, JDS Uniphase komponentlar ishlab chiqaruvchi SDL kompaniyasini 41 milliard dollarga sotib oldi. Bugungi kunda JDS Uniphase ikki qismga bo‘lingan: optik qurilmalar ishlab chiqaruvchi Lumentum va tarmoq servislari bo‘yicha konsaltingni amalga oshiruvchi Viavi kompkaniyalari.

1. AOL—Time Warner. Bu kelishuv rekord darajani ko‘rsatgan edi. 2000 yilning yanvar oyida AOL internet-provayderi Time Warner’ni 181,6 milliard dollarga sotib oldi. Internet – provayder mediagigantga aylanishni rejalashtirgan edi.

Manba: insider.pro

Mavzuga oid