Jahon | 20:11 / 20.07.2016
18903
1 daqiqa o‘qiladi
Dubaydagi osmono‘par binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Dubayning eng baland binolaridan biri bo‘lgan Sulafa Tower’da chiqqan yong‘in mamlakat fuqaro mudofaasi tomonidan taxminan 3 soat ichida sakkizta o‘t o‘chirish moslamasi tomonidan o‘chirildi. Bu haqida Emirates 24|7 nashri ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Media One mehmonxonasiga olib boruvchi barcha yo‘llar yopilgan, Jumeirah Beach Residence’ga eltuvchi yo‘l bundan mustasno.
Yong‘in sababi hozircha aniqlanmagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in yuqori qavatlardan birida boshlanib, pastki qavatlarga tarqalgan.
Yong‘indan hech kim jabr ko‘rmagan, mehmonxonada yashovchilar o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.
76 qavatli osmono‘par binoning balandligi 288 metrga teng.