Jahon | 18:34 / 06.08.2016
9901
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay markazida qurilayotgan elit turar-joy binosida yong‘in chiqdi

Dubay amirligining Jumayra tumanida qurilayotgan minora yonib ketdi, deb xabar bermoqda Al Roeya mahalliy gazetasi.

Viceroy Dubai Jumeirah Village nomli loyiha o‘z ichiga elit turar-joy va besh yulduzli mehmonxonani olgan edi. Uni 2018 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi.

Dubay hukumati matbuot markazining Twitter’da ma'lum qilishicha, yong‘inni o‘chirish boshlab yuborilgan. Jabrlanganlar yo‘q.