Jahon | 13:52 / 14.08.2016
5809
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya uzoq orollar himoyasi uchun yangi raketa qurilmalarini ishga tushiradi

© AP Photo

Yaponiya hukumati Sharqiy Xitoy dengizidagi uzoq hududlarning himoya darajasini oshirish uchun Okinava prefekturasidagi Sakisima arxipelagidagi mobil raketa qurilmalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Mahalliy "Iomiuri" gazetasining ma'lum qilishicha, yangi raketlarning kutilayotgan harakat radiusi taxminan 300 kilometrni tashkil qiladi, bu uzoq orollar himoyasi uchun yetarlidir. 

Mazkur loyiha xarajatlari 2017 moliya yili byudjyetiga kiritiladi (2017 yilning 1 aprelidan boshlanadi), mobil raketa platformalarini kengaytirish esa 2023 yilga borib, to‘liq yakunlanadi. 

Uzoq orollar himoya darajasini ko‘tarish loyihasi 2013 yilda qayta ko‘rib chiqilgan milliy xavfsizlikning yangi dasturiga kiritilgan edi, 2016 yilning aprelida esa ularni iqtisodiy qo‘llab-quvvvatlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid