Sport | 11:01 / 19.08.2016
5900
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya hukumati amerikalik suzuvchilardan 2 nafarini so‘roqdan keyin qo‘yib yubordi

AQSh terma jamoasi a'zolari bo‘lgan suzuvchilar Gunnar Bents hamda Jyek Kongerga Braziliyani tark etishga ruxsat berildi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar bergan.

Bundan oldinroq, bu ikki suzuvchi Rio-de-Janeyrodagi aeroportda AQShga uchayotgan samolyotdan tushirib qolingandi. Ular Rio-2016 olimpiadasi davomida sodir etilgan talonchilik hodisasi bo‘yicha so‘roq qilingan.

Amerikalik sportchilarning advokati Serji Riyera o‘z mijozlari aeroportga yo‘l olgani haqida aytgan.

Bundan oldinroq Braziliya hukumati yana ikki amerikalik suzuvchi - Rayan Loxte va Jyeyms Feygenga politsiyaga yolg‘on ko‘rsatma berish bo‘yicha  ayblov qo‘yishi mumkinligi xabar qilingandi.

Avvalroq Olimpiadada suzuvchilar Loxte, Gunnar Bentts, Jyek Konger va Feygen Olimpiya qishlog‘iga yo‘lda o‘zlarini huquq-tartibot muassasalari xodimlari deb tanishtirgan bir guruh odamlar tomonidan tunab ketilganlari haqida ma'lumot berishgan. Voqeadan keyin atletlar ularni qurol bilan qo‘rqitib tunaganlarini ma'lum qilishgan.

Bu ko‘rsatmalardan keyin mahalliy politsiya tergov boshlagan va uning yakuniga ko‘ra amerikalik sportchilarning ko‘rsatmalariga yetarlicha isbotlar aniqlamagan.

Mavzuga oid