Jahon | 10:05 / 22.08.2016
8519
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Tramp va Klintonning saylov kampaniyasiga ishlatgan xarajatini hisoblab chiqdi

Respublikachi Donald Tramp iyul oyida o‘zining saylov kampaniyasiga o‘z raqibi demokrat Hillari Klintondan uch baravar kam pul sarfladi. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, bir oy ichida Tramp 18,5 mln dollar, Klinton esa 49 mln dollar sarflagan.

The Washington Post nashrining ma'lum qilinishicha, Trampning oz mablag‘ sarflashiga sabab uni saylov kampaniyalari ajratiladigan an'anaviy mablag‘dan mahrum etishgani bo‘ldi.

Tramp o‘zining shov-shuvli chiqishlari bilan ijtimoiy tarmoqlar va OAVda ko‘plab chiqish qilmoqda. U tele va internet rekalamalar uchun 26 mln dollar sarflagan Klintondan farqli ravishda bu ishlar uchun 4,9 mln dollar pul sarflagan.

Umumiy hisobda Tramp shtabi saylov kampaniyasiga 89,5 mln dollar, Klinton shtabi esa 319 mln dollar sarflagan.

Mavzuga oid